Namangan viloyati hokimining hindistonlik maslahatchisi biznesni toʻgʻri rivojlantirish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi

16:55 24 Dekabr 2019 Jamiyat
238 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Qudratilla Najmiddinov/Namangan. Namangan shahridagi “Oydin Plaza” mehmonxonasida viloyatda faoliyat olib borayotgan mehmonxona va sayyohlik agentliklari rahbarlari hamda sohaga kirib kelishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar uchun seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Unda viloyat hokimining investitsiyalar boʻyicha maslahatchisi etib tayinlangan hindistonlik Mitesh Varma ishtirok etdi.

Tadbirda Mitesh Varma mehmonxona va turfirma brendini yaratish, sohani xalqaro standartlarga mos rivojlantirish, sayyohlarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, mehmonxonalarda shart-sharoit yaratish orqali ular faoliyatini dunyo talablari darajasiga koʻtarish yuzasidan oʻz fikrlarini bayon qildi.

Seminar doirasida viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi Xurshid Abdumalikov va ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkazilgan muloqot ham tashkil etildi. Unda mehmonxonalarda sayyohlar uchun qoʻshimcha xizmatlarni joriy etish, yangi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan mehmonxonalar loyihalarini jadallashtirish, soha rivoji uchun taqdim etilayotgan imtiyozlardan keng foydalanish haqida soʻz bordi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?