Namangan xalqaro aeroportidan Minskka ilk charter reysi amalga oshirildi

20:55 21 Noyabr 2020 Jamiyat
214 0

Namangan xalqaro aeroportidan Belarus poytaxti Minsk shahriga ilk bor charter reysi amalga oshirildi.

Charter reysi Belavia aviakompaniyasi tomonidan Boing 737 rusumli havo kemasida bajarildi. Havo kemasida 189 nafar oʻzbekistonlik Minskka yoʻl oldi. Ularning barchasi parvozdan oldin 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda COVID-19 virusiga test topshirgani aytilmoqda.

Namangan xalqaro aeroporti matbuot xizmatiga koʻra, joriy yil 23, 26 va 30-noyabr kunlari Namangandan Turkiyaning Istanbul shahriga ham ilk charter reyslari amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?