“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi

10:57 06 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
263 0
Arxiv foto

Namangan viloyati hududida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida nazarda tutilgan.

Hujjatda aytilishcha, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 20 avgustdagi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5517-sonli Farmoniga muvofiq Namangan viloyati Chust tumani hududida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan.

Boshqaruv xodimlari soni 4 nafardan iborat boʻlgan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga Direksiyaning tasdiqlangan tuzilmasiga va xodimlari soniga investitsiyalar hajmi va erkin iqtisodiy zona hududida joylashtirilgan investitsiya loyihalari soniga bogʻliqlik asosida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Namangan viloyati, Chust shahri, Charagʻon koʻchasi, 1-uy manziliga joylashtiriladi.

“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilangan ustavda koʻrsatib oʻtilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?