Nakleykadan magnitofongacha. GM Uzbekistan “Damas”ni sotishda bir qator jihozlarini olib qolmoqda (Fotofakt)

17:37 07 Iyun 2018 Jamiyat
1106 0

GM Uzbekistan kompaniyasi “Damas” rusumli avtomobil sotib olish istagida bo‘lgan mijozlar uchun, mashinaning bir qator qismlarini o‘zida olib qolgan holda taklif qilmoqda. Bu haqda dilerlik avtosalonlarida mijozlar tomonidan maxsus shablondagi tilxatlar olinmoqda.

Tilxatga ko‘ra, “Damas” sotib olishni istagan mijozlar o‘z roziligi bilan magnitofon (radio), antenna, orqa eshik tarafdagi oyoq qo‘ygich, mashinalar shinasi kalpaki, hattoki yon qismiga yopishtirilgan nakleykaning ham olib qolinishiga rozilik bildiradi.

“Xalq so‘zi”ning kompaniyadagi manbasiga ko‘ra, bunday chora-tadbirlar avtomobilning umumiy narxi oshib ketmasligi uchun amalga oshirilmoqda. Shu yo‘l bilan mashinaning qimmatlashishining oldi olinar ekan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?