“MYU” Tailanddagi g‘orda qamalib qolgan yosh futbolchilarni “Old Trafford”ga taklif qildi

10:46 11 Iyul 2018 Dunyo
202 0
Foto: AP

Onlayn nashrimizda Tailanddagi g‘orda qamalib qolgan 12 nafar o‘smir va ularning murabbiyi qutqarilgani haqida xabar bergandik. Mazkur xushxabarga Angliyaning mashhur “Manchester Yunayted” klubi ham o‘z munosabatini bildirdi.

“G‘orda qamalib qolgan 12 futbolchi va ularning murabbiyi hozir xavfsizlikda ekanini bilib, xursand bo‘ldik. Biz voqeadan jabr ko‘rganlarning qayg‘usiga sherikmiz.

“Uild Bors” futbol klubi jamoasi va ularning qutqaruvchilarini yangi mavsumda “Old Trafford”ga taklif etishdan mamnunmiz”, - deb yozdi klub rasmiy tvitteri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?