Muzeylar faoliyati zamon talablariga mosmi?

18:55 08 Yanvar 2019 Madaniyat
218 0

Arxiv foto

Dilshod KARIMOV, Xalq soʻzi online/Toshkent. Afsuski, bu savolga ijobiy javob berish qiyin. Yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan muzeylar zamonaviy axborot texnologiyalari, global tarmoq orqali virtual sayohat qilish imkonini beradigan moslamalar bilan toʻliq jihozlanmagan.

Aslida, muzeylar — Vatanimiz tarixi, xalqimizning azaliy qadriyatlari haqida soʻzlovchi ishonchli koʻzgudir. Ular yoshlarda milliy gʻururni boyitib qolmay, yurtimizga xorijliklarning qiziqishini oshirib, bu yerga sayohat qilishlari uchun “tashrif qogʻozi” hamdir.

Madaniyat vazirligi tomonidan 2018 yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va 2019 yilda koʻzlangan rejalar yuzasidan oʻtkazilgan anjumanda ushbu sohadagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Jumladan, 2019 yilda 30 ta muzeyning “Virtual muzey” bazasini shakllantirish, shuningdek, Oʻzbekiston muzeylari yagona portalini yaratish ishlari yakunlash rejalashtirilgan.

Muzeylar tomonidan bir yilda pullik xizmatlar qiymati 10 mlrd.ni tashkil etayotgan boʻlsa, buni kelgusi 2 yilda 1,5 marotabaga oshirib, 15 mlrd.ga yetkaziladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019