Belgiya futbol terma jamoasi darvozaboni qirg‘izistonlik muxlisni qidirib topdi

17:52 06 Iyul 2018 Sport
1131 0
Foto: Instagram Simon Minole

Belgiya futbol terma jamoasi darvozaboni Simon Minole qirg‘izistonlik muxlis Arsen Altibayev bilan uchrashib, uni mukofotladi.

Ishqiboz o‘z hayotidagi ushbu unutilmas voqea aks etgan suratni Instagram sahifasiga joylashtirdi va shunday deb yozdi: “Eng olijanob qalb egasi! O‘z salomlarini barcha Oloy bo‘rilariga yo‘lladi”.

Minole bugun Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Belgiya va Braziliya bahsi oldidan u bilan uchrashishni taklif etgan. Altibayev esa aynan Tatariston poytaxtiga uchib ketayotgan bo‘lgan.

Bundan oldin Belgiya va “Liverpul” klubi posboni o‘z futbolkasini berish uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali qirg‘izistonlik muxlisini izlab yurgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Gap shundaki, qirg‘iz yigiti Rostov shahridagi stadionga Belgiya va Yaponiya o‘rtasida kechgan nimchorak final o‘yinini ko‘rish uchun o‘ziga xos plakat bilan tashrif buyurgan. Unga Minoledan futbolkasini sovg‘a qilish iltimos qilingan yozuv tushirilgan edi. Arsen esa darvozabonning o‘z libosini berishi haqidagi xabarini eshitib, u bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘lanishga uringan, ammo avvaliga natija bo‘lmagandi. Keyin esa...


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?