Mutuxassislar: Antibakterial sovunlar jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin

16:26 12 Fevral 2020 Lifestyle
148 0

Illyustrativ surat

Mutaxassislar antibakterial sovun bepushtlik va saratonga olib kelishi mumkinligini maʼlum qilishdi.

Ushbu jarayonning sababi mahsulotning bir qismi boʻlgan moddadir. Yaʼni, triklozan. Undan tez-tez foydalanish esa endokrin hamda reproduktiv tizimga, shuningdek, immunitetga salbiy taʼsir koʻrsatar ekan.

Bu haqda live24.ru yozmoqda. Bundan tashqari, mutaxassislarning qayd etishlaricha, oddiy sovun ham antibakterial sovun kabi taʼsir koʻrsatishi ehtimoldan xoli emas.

Manbaga koʻra, har safar bir xil gigiyena vositasi ishlatilsa, bakteriyalarda antibiotiklarga qarshi kuch paydo boʻladi. Tadqiqot davomida turli xil antibakterial vositalar sichqonlarda sinovdan oʻtkazilganda, ichakning eksperimental saratoni rivojlanganligi qayd etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?