Mutasaddining masʼuliyatsizligi qimmatga tushdi

14:41 18 Aprel 2019 Jamiyat
827 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Majburiy ijro byurosining Andijon shahar boʻlimidan xabar berishlaricha, vakolatli shaxslar tomonidan zimmasidagi vazifaga masʼuliyat bilan yondashilmagani sababli jiddiy salbiy holatlar yuzaga kelmoqda. Buning natijasida tabiiy resurslarni talon-taroj qilinishi hodisalari ham uchrab turibdi.

Misol uchun, “Yangi shahar” elektr tarmoqlari korxonasi xodimi O.U. bir nechta masʼuliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobotga kiritmaganligi, koʻrsatkichlarni kam koʻrsatganligi sababli davlat manfaatiga 1 milliard 21 million soʻmga yaqin miqdorda moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan MIB Andijon shahar boʻlimi tomonidan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlarini tashkillashtirish uchun tegishli tartibda Andijon shahar prokuraturasiga yuborildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?