Mutaxassis qanday holatda "Covid-19"ga qarshi umrbod immunitet shakllanishi shartlarini maʼlum qildi

18:22 26 Sentyabr 2020 Dunyo
955 0

Illyustrativ foto

Rossiyaning “Vektor” davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy-tadqiqot markazi bosh direktori Rinat Maksyutov koronavirusga qarshi umrbod immunitet hosil boʻlishi mumkinligini maʼlum qildi.

“Immunitet tizimining ayrim xususiyatlariga koʻra, agar bemor kasallikning ogʻir shakli bilan xastalanib, shifo topgan boʻlsa, unda umrbod immunitet shakllangan deb oʻylayman”, deydi u.

“Vektor” bosh direktorining taʼkidlashicha, agar bemor koronavirusning ogʻir shakli bilan xastalanib, davolanib chiqqan boʻlsa, ularda yetarli darajada immunitet hosil boʻlgan va bunday bemorlarning vaksina olishini hojati. Agar kasallik yengil yoki alomatlarsiz rivojlansa, bunday odamlarda immunitet darajasi past boʻlishi mumkin. Shuning uchun bu toifadagilar koronavirus profilaktikasi uchun vaksina olish kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?