Mustaqillikning 27 yilligi arafasida 261 nafar mahbus afv etildi

12:06 31 Avgust 2018 Siyosat
622 0

Shavkat Mirziyoyev “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda “Axborot 24” dasturida xabar qilindi.

Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Mustaqilligining yigirma yetti yilligi bayrami arafasida ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan 261 nafar fuqaro afv etildi.

Shundan 215 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinib, oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytariladi, shuningdek, 46 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 5 nafarini 60 yoshdan oshgan, 135 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?