Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida qoʻshimcha reyslar amalga oshiriladi

10:42 20 Avgust 2019 Jamiyat
116 0

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi”AJ maʼmuriyati, mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda koʻp sonli yoʻlovchilarning talab va istaklarini inobatga olib, ayni kunda haftaning juma, shanba hamda yakshanba kunlari “Toshkent-Samarqand- Toshkent” yoʻnalishida yoʻlovchilarni oʻz manziliga yekazib qoʻyayotgan №764/763-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining harakat jadvaliga oʻzgartirish kiritilganligini maʼlum qiladi.

Unga koʻra, 2019-yil 26, 27, 28, 29-avgust hamda 2, 3-sentyabr kunlari №764/763-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining qoʻshimcha reyslari amalga oshiriladi. Ushbu sanalarda mazkur poyezdlar soat 08:30 da Toshkent markaziy vokzalidan, soat 17:00 da esa Samarqand vokzalidan harakatlanadi.

IZOH: Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?