Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Minsk, 1995 yil 26 may) ratifikatsiya qilish haqida

08:38 05 Mart 2019 Hujjatlar
357 0

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda maʼqullangan

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiya (Minsk, 1995 yil 26 may) quyidagi qoʻshimcha shart bilan ratifikatsiya qilinsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi faoliyatini moliyalashtirish uchun unda oʻz vakillarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan hajmlarda mablagʻ ajratadi”.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,
2019 yil 4 mart

№ OʻRQ–523


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?