”Musiqashunos musiqani bilmasa bu ayb emas”

12:18 26 Aprel 2019 Madaniyat
450 0

Maqom sanʼatini professional darajaga olib chiqishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy onlayn seminar davom etmoqda.

Tadbirda Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi bosh direktori Soibjon Begmatov soʻzga chiqib, musiqa taʼlimi va ijrochi amaliyoti xususida soʻz yuritdi:

- Musiqashunos musiqani bilmaydi, degan eʼtirozni baʼzan eshitib qolamiz. Musiqashunos ansamblda kuylamasligi,biror bir musiqa asbobini chalolmasligi mumkin. Bu ayb emas. Boisi ular ijrochiga ilmiy jihatdan saboq beradi. Ular ilmiy izlanish olib boradi, musiqani nazariy oʻrganadi. Aslida ijrochining oʻzi musiqa nazariyasidan xabardor boʻlishi kerak. Biz buni yosh ijrochilarga yanada chuqurroq anglatishimiz kerak.

- Yaqinda bir yosh ijrochi qizning Mashrab gʻazalini soʻzlarini almashtirib, aralashtirib kuylayotganini guvohi boʻlib qoldim. - deydi Oʻzbekiston xalq hofizi Isroiljon Vahobov. - Bu juda gʻaliz xato! Ovozi yaxshi degani yaxshi hofiz degani emas. Bayotni toʻgʻri kuylay bilish eng birinchi galda talab etiladi ijrochidan. Maqom sanʼati taʼlimida ustozlardan borada ham saboq berishlarini xohlardim.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?