Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov professional boksdagi g‘alabali yurishini davom ettirdi

12:15 16 Iyul 2018 Sport
329 0
Instagram / Qudratillo Abduqahharov

Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi uchinchi jangini o‘tkazdi.

Bu safar o‘zbekistonlik bokschiga argentinalik Luis Fernando Molina raqiblik qildi. 6 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va hamyurtimiz jangni ochkolar hisobiga ko‘ra o‘z foydasiga hal qildi.

Ma’lumot uchun Ahmadaliyev bungacha prof ringda ikkita jang o‘tkazib ularning har ikkisida ham muddatidan oldin g‘alaba qozongandi.

Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Shahram G‘iyosov ham professional boksdagi uchinchi jangini o‘tkazdi.

Ushbu jangda Shahramga meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi ringga chiqdi va raqibini ilk raunddayoq nokautga uchratdi.

Ma’lumot uchun, bu Shahram professional boksda bungacha ikkita jang o‘tkazib, ularning har ikkisida g‘alaba qozongandi. Bu g‘alaba bokschimiz uchun uchinchi muvaffaqiyat bo‘ldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?