Munisa Rizayevaning ortidan salkam 25 ming dollar “ishlagan” firibgar aniqlandi

10:17 22 Oktyabr 2018 Madaniyat
2723 0

Xonanda Munisa Rizayevaning ortidan pul ishlab olmoqchi boʻlgan firibgar qoʻlga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 19 oktyabr kuni Namangan shahrida viloyat prokuraturasidan firibgarlik holati yuzasidan hujjat kelib tushgan. Unga koʻra, 19 sentyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi D.S. ariza bilan murojaat qilib, tanishi A.E (ismli ayol) uning ishonchiga kirib, shu yil 25 iyun kuni Namangan shahrida, 26 iyun kuni Fargʻona shahrida va 27 iyun kuni Andijon shahrida xonanda Munisa Rizayevaning “Yomgʻir” deb nomlangan konsert dasturini oʻtkazib berib, har bir dastur uchun 6.000 AQSH dollari, jami 18.000 AQSH dollarini olib, unga bermaganligini maʼlum qilgan.

Shuningdek A.E. 25 iyun kuni Namangan shahrida konsert dasturini oʻtkazib, 2.400 nafar fuqaroga sotilgan jami 48.000.000 soʻmlik chipta pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini koʻrsatgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?