Mumkin boʻlmagan joylarda toʻxtab turgan avtomobillarni qayd qiluvchi foto va videokameralar oʻrnatiladi

17:31 08 Iyul 2019 Jamiyat
592 0

10-iyul kunidan Toshkentning bir nechta bozorlari yaqinidagi yoʻllar boʻylab toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari buzilishini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto- va videokameralar ish boshlashadi. Bu haqda shahar IIBB “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Masalan, Chilonzor tumanini Toshkent halqa avtomobil yoʻlining oʻzidayoq 3.27 belgisini mensimaganlarni qayd etishga moʻljallangan 4 ta statsionar avtomatlashtirilgan kameralar oʻrnatilgan.

Hozirgi vaqtda Abu-Saxiy, Bek To‘pi, Ippodrom, Oʻrikzor bozorlari yoʻllarida avtomatlashtirilgan tizim oʻrnatilgan boʻlib, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan bu yoʻnalishdagi ishlar davom ettiriladi.

Oʻrnatilgan kameralar 360 gradusga oʻgirila oladi. Avtomobil mumkin boʻlmagan joyda toʻxtagach, videokamera avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) vaqtni va “qoidabuzar”-avtomobilning davlat raqamini qayd etadi. Maʼlumotlar onlayn-tarzda bazaga yoʻnaltiriladi, u yerda esa AutoCon-SC/M dasturiy taʼminot jarima solish boʻyicha Qarorni shakllantirib uni “Oʻzbekiston pochtasi” AJga qoidabuzarga joʻnatish uchun yoʻllaydi.

Xatda jarimani 60 kunlik muddat ichida toʻlash zarurligi, ushbu muddat tugagach tizim xatga biriktirilgan kvitansiyani avtomatik tarzda toʻsib qoʻyib, jarima toʻlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosiga (MIB) joʻnatishi maʼlum qilinadi. MIB, oʻz navbatida, transport vositasi egasining nomiga rasmiylashtirilgan mulkka taqiq qoʻyadi. Ushbu sanksiyalar qoidabuzar-avtomobil egasiga oldi-sotdi kelishuvlarini olib borishga yoʻl qoʻymaydi. YHQni buzganlik uchun jarimani oʻz vaqtida toʻlamaslik ham qoʻshimcha moddiy xarajatlarga olib keladi.

Bundan tashqari, kamera qoidabuzarlikni qayd etib uni Markazga yoʻllaganidan keyin, toʻlov muddati davomida sizga nisbatan bir qator cheklovlar oʻrnatiladi. Xususan, sizda mashinani IIBB YHXB tumanlararo boʻlinmalarida texnik koʻrikdan oʻtkazish yoki boshqa fuqaroning nomiga rasmiylashtirish imkoni boʻlmaydi. Ushbu cheklov boʻlajak xaridorni “qarzdor” mashina sotib olib qoʻyishda himoya qiladi.

Eslatib oʻtamiz, 3.27 belgisi ostida avtomobilni toʻxtatish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-6-moddasiga muvofiq EKIHning 3 baravarigacha (608 190 soʻm) jarima solinishiga sabab boʻlishi mumkin.

Haydovchilarni va transport vositasini ijaraga bergan fuqarolarni jarimalar mavzusiga eʼtibor berishlarini tavsiya etamiz. OʻzR MJKning 17-1-moddasiga muvofiq, Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?