Multibrend avtosalon - “aqlli shahar“ning birinchi zamonaviy inshooti

19:53 20 Dekabr 2018 Jamiyat
708 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“Xalq soʻzi Online”. Said Rahmonov. Nurafshon shahrida Oʻzbekistondagi ilk multibrend avtosalon ochildi. Mazkur zamonaviy inshoot Prezidentimizning 2018 yil yanvar oyida Toshkent viloyatiga tashrifi chogʻida berilgan topshirigʻiga binoan juda qisqa fursatda barpo etildi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

- Bundan atigi uch oy oldin bu joy quruq yer edi, - deydi “Oʻzavtosanoat“ AJ boshqaruvi raisi o’rinbosari Umid Salimov. - 2400 kvadrat metr maydonni egallagan mazkur avtosalon turdoshlari tubdan farq qiladi. Masalan, bu yerga kelgan mijoz xarid qilgan avtomashinasi uchun zarur hujjatlarni shu yerda rasmiylashtirish, olib ketishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Darhaqiqat, 100 kishi mehnat qilayotgan ushbu majmuada asosiy eʼtibor xaridorlarga aʼlo darajada xizmat koʻrsatish, qoʻshiicha qulaylik yaratishga qaratilgan. Nafaqat avtomobillar, balki ularning ehtiyot qismlarini sotish, ularga servis, sotuv va davriy kafolatli texnik xizmat yoʻlga qoʻyilgani eʼtiborga molikdir.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Yana bir ahamiyatli tomoni, zamonaviy multibrend avtosalonning shourumida doimiy ravishda “GM Uzbekistan”, “SamAvto”, “JV MAN Auto – Uzbekistan” hamda “UzAuto Trailer” kabi milliy avtosanoat korxonalarining Chevrolet, MAN, Isuzu va Kamaz brendlari doimiy ravishda taqdim etiladi. Bundan tashqari avtosalonda avtosugʻurta, avtomobil xarid qilish jarayonida davlat raqamlarini rasmiylashtirish kabi xizmatlar koʻrsatiladi. Bank filiali ham ishlab turibdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Majmua ochilish marosimi doirasida yangi Tracker avtomobilining taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

- Oʻzida zamonaviylik va yuqori darajadagi qulaylikni mujassamlashtirgan ushbu modelga ichki bozorda talab katta, - deydi “GM Uzbekistan“ AJ boʻlimi boshligʻi Oybek Egamberdiyev. - Qisqa muddatda 1000 dan ortiq yangi modeldagi avtomobillar sotilgani buning dalilidir.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Multibrend avtosaloni kelgusida Toshkent shahri hamda mamlakatimizning barcha hududlarida bunyod etilishi moʻljallanmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Said RAHMONOV,
“Xalq soʻzi“ muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?