Muhimi - muammo yechimi

15:19 24 Aprel 2019 Jamiyat
279 0

Prezidentimizning xalqimiz bizdan rozi boʻlsa, biz maqsadimizga yetgan boʻlamiz, degan davlatlari bugungi kunda mamlakatimiz miqyosida kun tartibida masalaga aylanganligini barchamiz koʻrib bilib turibmiz. Yurtboshimiz aytganidek, davlat idoralari bugungi kunda xalqimizning turmish sharoitini yanada yaxshilash, mavjud muammolarini bartaraf etish, xonadonma xonadon yurib fuqarolarning oilaviy ahvoli ijtimoiy muammolari mahalla, qishloq, guzarlardagi obodonchilik darajasini sinchkovlik bilan koʻzdan kechirishmoqda. Darhaqiqat, respublikamizdagi barcha idoralar, tashkilotlar yuqoridagi hayotiy shiorning ijrosini taʼminlash maqsadida astoydil harakat qilishmoqda.

Buni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari A.Usmonov tomonidan Muzrabot tumanida oʻtkazilgan sayyor qabul misolida ham koʻrish mumkin edi. Tuman markazidagi dam olish va istirohat bogʻida boʻlgan sayyor qabulda 172 nafar fuqarodan 212 ta murojaat kelib tushdi. Shuni aytish lozimki eng koʻp murojaat sud huquq, uy-joy, yer ajratish, sogʻliqni saqlash, aholi bandligiga doir boʻldi.

Sayyor qabulda 78 ta muammo joyida hal etildi. Boshqacha aytganda murojaatlarining 41 foizi ijobiy bartaraf etildi. Misol uchun tumandagi “Yangi diyor” mahallasida yashovchi fuqaro Nargiza Nurmuhammedova, “Yangidiyor” mahallasidan Gulchehra Bobonazarovalarga davolanish uchun order ajratilib shu kunning oʻzida shifoxonaga yuborildi. “Bodomzor” mahallasidan Abdumurod Odinayevning ichki yoʻllarini va koʻprikni taʼmirlash borasidagi murojaati yuzasidan tuman xokimi topshirigʻiga koʻra yoʻllarga tosh toʻkish koʻprikni taʼminlash ishlari zudlik bilan boshlab yuborildi.

Tumandagi “Navroʻz” mahallasidan Oyzoda Azimova nabirasi Dinara Ismatovani Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻladigan xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun yordam soʻrab qilgan murojaati ham shu joyning oʻzida hal etildi. Dinara tumandagi 14 maktabning 4-sinfida oʻqiydi. Taekvondo boʻyicha bir qator respublika va xalqaro musobaqalar gʻolibi. Otasi va bobosi avto halokat tufayli vafot etishgan. Bu chempion qizimiz 15 mayda boʻladigan xalqaro musobaqada ishtirok etib yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan boʻldi. Homiylikni esa “Muzrabot bunyodkori” MCHJ jamoasi oʻz zimmasiga oldi. Shuningdek Qurbonsoat Jabborovning R-6 kanalining 3 kilometri agʻanab K-5 kanaliga tushganligi natijada 2 yildan buyon 358 xonadon sohiblari shaxsiy tomorqalarini suvlashda qiynalishayotgani, 350 gektar paxta maydoni shoʻr suv bilan sugʻorilayotganligidan shikoyat qildi. Bu masalaga ham tegishli mablagʻ ajratilib, “Amu Surxon irrigatsiya” tizimlari havza boshqarmasi va “Surxandaryosuvqurulishinvest” DUK tomonidan bartaraf etiladigan boʻldi.

Qabulda tadbirkorlar Abduqodir Hamdamov, Oybargun Moʻminova, Chori Safarqulov, Xasan Boyqobulovlar tuman dehqon bozori yonidagi doʻkonlari buzilishi haqida ogohlantirish olganliklarini aytib shikoyat qilishdi. Bu borada agar bozorni qayta qurish va kengaytirish maqsadida yoʻl yoqasidagi savdo doʻkonlari buzilsa ularga yer ajratilishi, imtiyozli kredit yoki doʻkon berilishi vaʼda qilindi. Bu masalani ijobiy hal etish tuman xokimi oʻrinbosari Ahmad Yoʻldoshevga yuklatildi.

Fuqaro Sharifjon Chorshanbiyev tumandagi “Oriyat” mahallasida yashayotgan 500 xonadon sohiblari yopiq drenaj ishlamayotganligi sababli yer osti sizot suvlari yaqinlashgani tomorqalar shoʻrlab ketayotgandan aziyat chekishmoqda dedi. Bu muammo ham tegishli tashkilot zimmasiga yuklanib maʼlum muddat belgilandi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, sayyor qabulga kelgan fuqarolar muammolari ijobat topganligi yoki qatʼiy nazoratga olinganligi tufayli xursand boʻlishdi. Qabul davomida 10 ta murojaatga asosli huquqiy javob berilgan boʻlsa, 115 tasiga muddat belgilanib nazoratga olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?