Muhammad Yusuf hayotiga bag’ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi

10:51 25 Aprel 2018 Madaniyat
1424 0


 
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O’zbekiston Madaniyat va san’at ko’rgazmasi hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida  “Ulug’imsan, Vatanim” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Ushbu tadbir O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag’ishlandi. 

Ta’kidlanganidek, Muhammad Yusuf o’zbek xalqining dardiga, quvonchiga sherik bo’la olgan ijodkor edi. U o’zining qisqa umri davomida “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ishq kemasi”, “Ko’nglimda bir yor”, “Bevafo ko’r ekan”, “Erka kiyik”, “Osmonimga olib ketaman”, “Kumush”, “Kokilingni kim kesdi”, “Turkman qiz”, “Yur, muhabbat ketdik bu erdan”, “Yolg’onchi yor” singari singari she’riy to’plamlar muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning Vatan, muhabbat, vafo, tarix, taqdirlar haqida kuylagan she’rlarida hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi.

Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohangligi bilan ham sevib o’qiladi.

Shoirning poytaxtimizda Adiblar xiyoboni hamda o’zi tug’ilib o’sgan Marhamat tumanida haykali o’rnatilgan. Vatanini sevgan va ardoqlagan insonni Vatan ham e’zozlaydi. 

Tadbir doirasida shoirning hayoti va faoliyatiga oid foto va kitoblar ko’rgazmasi ham uyushtirildi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?