Muhammad Saloh koronavirusga qarshi kurashish uchun 1 million yevro ehson qildi

10:48 19 Mart 2020 Sport
335 0

Foto: www.google.com

Angliyaning “Liverpul“ futbol klubi hujumchisi Muhammad Saloh Misrda koronavirusga qarshi kurashish uchun 1,17 million yevro ehson qildi.

“Muhammad koronavirusga qarshi kurashish uchun 20 million Misr funti (1,17 million yevro) ehson qildi. Uning bu harakati mamlakatimizdagi sportning timsoliga aylandi“, deb yozdi Misrning sobiq Sport vaziri Xolid Abdulaziz oʻz “Tvitter”ida.

Hozirda Misrda 196 kishi xavfli virusni yuqtirgan, 6 bemor vafot etgan, yana 32 kishi kasallikni yengib oʻtgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?