Muftiy Usmonxon Alimov “The Muslim 500” roʻyxatidan joy oldi

11:56 25 Oktyabr 2018 Jamiyat
803 0

Dunyodagi eng nufuzli 500 nafar musulmon nomi eʼlon qilindi. Ularning ichida Oʻzbekiston vakili ham bor.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov dunyoningeng nufuzli musulmonlari reytingi — “The Muslim 500”dan joy oldi.

themuslim500.com sayti xabariga koʻra, mazkur reytingda birinchi oʻrinni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon egallagan boʻlsa, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul Aziz Al Saud ikkinchi, Iordaniya qiroli Abdulloh II ibn al Husayn uchinchi boʻldi.

Eron yetakchisi Oyatullo Humayniy, Marokash qiroli Muhammad VI,islomshunos olim Muhammad Taqi Usmoniy kabilar kuchli oʻntalikdan joy olgan.

Mazkur roʻyxatga sportchilardan rossiyalik Habib Nurmagomedov, “Liverpul” futbol klubi va Misr terma jamoasi aʼzosi Muhammad Saloh, “Real” jamoasi sobiq bosh murabbiysi Zinedin Zidan ham kiritilgan.

Ushbu reyting Ummon qirolligi islom tadqiqotlari markazi tomonidan 2009 yildan buyon muntazam ravishda eʼlon qilinib kelinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?