Mudofaa vazirligining maxsus mutaxassislari Toshkentni dezinfeksiya qilishmoqda (+foto)

07:38 30 Mart 2020 Jamiyat
615 0

Erta tongdan Qurolli Kuchlar Bosh shtabi radiatsion, kimyoviy va biologik muhofaza qoʻshinlari hamda Mudofaa vazirligi Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi hamkorligida taktik oʻquv mashgʻuloti boshlandi.

Maqsad respublikamizdagi jamoat joylari, bozorlarda dezinfeksiya ishlarini olib borish, koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, fuqarolarimiz xavfsizligi, salomatligini taʼminlashdir, deya xabar bermoqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Erta tongdan boshlangan maxsus oʻquvda yurt himoyachilari 10 dan ortiq maxsus texnikalar, kerakli uskunalar bilan Toshkentdagi jamoat joylarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdiTaʼkidlash kerakkigepoxlorid natriy, Javil-D kabi dori vositalar aralashmasidan tayyorlangan suyuqlik barcha zararli viruslarni yoʻq qiladi. Shu bois yurt himoyachilari ushbu aralashmadan keng foydalanmoqda. Dunyoning 195 dan ortiq davlatiga kirib borgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, mazkur muammoni hal etish har birimizning muhim vazifamiz hisoblanadi. Harbiylar ham ushbu global masalada xalqimiz sogʻligʻini himoya qilish uchun munosib hissa qoʻshyapti.

Amaliy taktik oʻquv mashgʻulotida yurt himoyachilari Yunusobod, Eski Joʻva, Oloy dehqon bozorlaridagi serqatnov koʻchalar, yerosti oʻtish joylari hamda chiqindixonalarda toʻliq dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ishtirokida boshlangan taktik oʻquv mashgʻulotlari mamlakatimiz boʻylab davom etmoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?