Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida trevoga eʼlon qildi (Video)

10:24 26 Noyabr 2018 Jamiyat
2142 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishiga muvofiq, bugun, erta tongda Mudofaa vazirligi qoʻshinlari oʻquv trevogasi boʻyicha koʻtarildi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Mazkur tadbirda Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jangovar shayligi tekshiriladi. U besh kun davom etib, toʻrt bosqichda amalga oshiriladi.

Mashgʻulotlar davomida Mudofaa vazirligi markaziy apparatining boshqaruvni amalga oshirishi hamda qoʻshinlarni yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirishi, shuningdek, boʻlinmalarning uyushqoqlik bilan belgilangan hududlarga chiqib ketishi va tezkor vazifalarni bajarishga tayyor ekanligi bilan bogʻlik masalalar koʻrib chiqiladi.

Taʼkidlash lozimki, bugungi kunga kadar harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi, harbiy texnika, qurol-yarogʻ va moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlanganlik darajasi bu kabi keng koʻlamli tekshiruvdan oʻtkazilmagan.

Kompleks tekshiruvlarning asosiy vazifasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning jangovar shayligini hamda belgilangan muddat ichida yuklatilgan vazifalarni bajarish imkoniyatlarini baholash, oʻtkazilayotgan harbiy oʻquvlarda komandirlar tarkibining jangovar topshiriqlarni bajarish, hujjatlar bilan toʻliq va oʻz vaqtida ishlash koʻnikmasini sinovdan oʻtkazishdan iborat“, deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?