Mudofaa vazirligi tomonidan ilk bor FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketa sinovdan oʻtkaziladi

17:44 24 Oktyabr 2019 Jamiyat
158 0

Navoiy viloyatida joylashgan “Kulquduq” poligonida Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarlik oʻquv rejasiga koʻra qoʻmondonlik masʼul ofitserlari rahbarligida FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketani sinovdan oʻtkaziladi.

Taʼkidlash joizki, mazkur FD-2000 rusumli raketa Oʻzbekistonda ilk bor sinovdan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi qoʻshinlari Markaziy Osiyo geosiyosiy muhitida barqaror oʻrin egallabgina qolmay, nafaqat hududiy, balki mintaqadagi tinchlikni taʼminlashga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazib, oʻz jangovar qobiliyatini takomillashtirib bormoqda.

Bu mamlakat mudofaa tizimini tobora mustahkamlash, qoʻshinlarni barcha zarur boʻlgan taʼminot turlari bilan butlash, harbiy xizmatchilarning dala-oʻquv mashgʻulotlarida muntazam olib borayotgan jangovar oʻquvlarida oʻz isbotini topmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar departamenti


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?