Mudofaa vazirligi hozirga qadar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamgʻarmasiga 2 milliarddan ortiq mablagʻ oʻtkazdi 

15:59 28 Aprel 2020 Jamiyat
486 0

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan hozirga qadar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamgʻarmasiga umumiy hisobda 2 milliard 143 mln soʻm oʻtkazildi.

Mudofaa vazirligi Markaziy apparati hamda uning tasarrufidagi harbiy okruglar tomonidan oʻtkazilgan mablagʻlar kesimi quyidagicha:

* Mudofaa vazirligi Markaziy apparati — 103 million soʻm;

* Sharqiy harbiy okrug — qariyb 196 million soʻm;

* Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug — 317,5 million soʻm;

* Toshkent harbiy okrugi — 346 million soʻm;

* Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug — 114 million soʻm;

* Markaziy harbiy okrug — 515 million soʻm.

Bundan tashqari, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari, Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonliklari, boshqa harbiy qism va muassasalar tomonidan fondga oʻtkazilgan mablagʻlar 572 million soʻmdan oshmoqda.

Taʼkidlash kerakki, harbiy xizmatchilar tomonidan joylardagi kam taʼminlangan, oilasida nogiron insonlar bor yoki ijtimoiy qoʻllab-quvvatlovga muhtoj yurtdoshlarimiz holidan muntazam xabar olinib, koʻmak koʻrsatib kelinmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?