Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi tayinlandi

14:30 02 Iyul 2019 Jamiyat
178 0

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq, Toshboyev Olim Shoyimovich Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda ushbu departament maʼlum qildi.

Olim Shoyimovich 1971-yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. 1994-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist.

Uzoq yillar davomida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida turli vazifalarda ishlab, teleradiokompaniya raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga qadar yoʻlni bosib oʻtgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?