Mudofaa vaziri jangovar shaylik boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruvning yakunlari boʻyicha fikrlarini bildirdi

18:49 11 Yanvar 2019 Jamiyat
144 0

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev koʻrsatmasiga binoan, 2018 yil 26 noyabrda qoʻyilgan vazifalar ijrosini baholash, jangovar tayyorgarlikni tekshirish maqsadida “Trevoga!” signali bilan yuqori jangovar shaylikka keltirildi, — deya maʼlum qildi mudofaa vaziri A. Azizov. — Mudofaa vazirligi apparatida, harbiy okruglarda, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy havo kuchlari hamda Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlarida besh kun mobaynida qoʻqqisdan tekshiruvlar oʻtkazilib, jangovar shaylikning darajasi, komandirlar va shaxsiy tarkibning harakatlari baholandi.

Mamlakatimizda birinchi marta oʻtkazilgan ushbu tadbir jarayonida Mudofaa vazirligi markaziy apparatining boshqaruvi, qoʻshinlarni yuqori darajadagi jangovar shay holatga keltirish, boʻlinmalarning marsh uyushtirishi, ehtimoliy dushman tahdidini qaytarish harakatlari maxsus tuzilgan idoralararo ishchi komissiya tomonidan nazorat va tahlil qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi rahbarlik qilgan mashgʻulotlar 8 ta dala oʻquv maydonida oʻtkazildi.

Mudofaa vazirligining toʻsatdan tekshiruvi jarayonida mamlakatimizda birinchi marta vazirlar, harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari, tegishli davlat va xoʻjalik idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Tekshiruvning natijalariga koʻra, qoʻshinlarni jangovar holatga keltirish, rejada koʻzda tutilgan oʻquv-jangovar vazifalarni bajarish boʻyicha amaliy harakatlar ijobiy baholanib, Mudofaa vazirligi mamlakat xavfsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlash boʻyicha “Jangovar vazifalarni bajarishga shay”, degan xulosaga kelindi. Bu esa Qurolli Kuchlarning jangovar qobiliyatini oshirish, mudofaa tizimini har tomonlama takomillashtirishning yangi davri boshlanganini koʻrsatdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019