Mudofaa vaziri: “Yutuqlarimiz nafaqat bizniki, balki butun mamlakatnikidir”

16:29 25 Mart 2019 Jamiyat
466 0

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Bugun Qurolli Kuchlar akademiyasida Rossiya Federatsiyasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlarning oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida informatika fani boʻyicha hamda oliy taʼlimgacha muassasalar oʻquvchilari oʻrtasida matematika va fizika fanlari boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro olimpiada sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Oʻzbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov, vazirlik markaziy apparati ofitserlari, xalqaro olimpiadada ishtirok etgan yoshlar qatnashdi.

Tadbirda mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov V xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamyurtlarimizga minnatdorlik bildirib, harbiy xizmatchilar tomonidan xalqaro maydonlarda qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar butun mamlakatimiz yutugʻi ekanini taʼkidlab oʻtdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?