Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Qirg‘iziston harbiy delegatsiyasi bilan Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash masalasini muhokama qildi
12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Rayimberdi Duyshenbiyev boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, uchrashuv davomida mudofaa sohasida o‘zbek-qirg‘iz hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek harbiy yo‘nalishda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Tomonlarning diqqat markazida Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash dolzarb vazifa ekani ta’kidlandi.
Mudofaa vaziri A. Azizov 2017 yil sentyabr va dekabr oylarida Qirg‘iziston Respublikasi prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashriflari ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim voqea bo‘lib qolganini aytib o‘tdi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston mustaqillik yillarida qo‘shni Qirg‘iziston bilan do‘stlik munosabatlarni mustahkamlashga alohida e’tibor berib kelmoqda, mamlakatlar o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik aloqalarni yuksak qadrlaydi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlik masalalarining mustahkamligi butun Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanishni ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.
Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasida tovar aylanmasi 250 mln. AQSH dollaridan ko‘proq mablag‘ni tashkil etadi.
O‘zbekiston hududida qirg‘iz kapitali ishtirokidagi 57 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, Qirg‘izistonda 51 ta O‘zbekiston rezidentlari ishtirokidagi korxona tashkil etilgan.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida mudofaa sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan 2018 yilga hamkorlik rejasi imzolandi.
“Ishonchimiz komilki, harbiy sohadagi mustahkam normativ-huquqiy bazaning yaratilishi, qurolli kuchlarimiz uchun ahamiyatli bo‘lgan ikki tomonlama tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazishni amalga oshirishga yordam beradi. Ularning jangovar shayligini kuchaytirishda o‘ziga xos “tayyorlov maydoni”ni o‘tab, nafaqat ikki mamlakat xavfsizligini, balki butun mintaqadagi barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi”, – dedi o‘z nutqida O‘zbekiston mudofaa vaziri.
Mehmonlar, shuningdek, Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: