“Yoshlar kuni” munosabati bilan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha harbiy xizmatchilar rag‘batlantirildi

11:49 30 Iyun 2018 Jamiyat
1086 0
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov o‘z xizmat majburiyatlarini namunali bajarib kelayotgan Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi 30 yoshgacha bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlarga 30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Minnatdorchilik” e’lon qilish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Buyruqqa binoan Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidan bo‘lgan harbiy xizmatchilar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarda 30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar – O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida hamda yosh harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillarining faol ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari, tanlov va musobaqalar, yoshlar sayli va aksiyalari, ekskursiya va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 25 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mamlakatimizda 30 iyun – “Yoshlar kuni” etib belgilangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?