Mudhish YTH! 5 yoshli qizaloq halok boʻldi

20:46 24 Iyul 2020 Jamiyat
357 0

2020-yil 24-iyul kuni soat 17:00 da 33 yoshli O.J. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasida Gʻallaorol tumani tomondan Marjonbuloq shaharchasiga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida Lalmikor MFY hududida yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda 5 yoshli T.E. (ayol)ni avtomashinaning old chap qismi bilan urib yuborib yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, oqibatda, T.E. olgan tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan T.E. shifoxonada vafot etgan.

Hozirda har ikki holat boʻyicha hodisa joyida tergov tezkor guruhi ishlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?