Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv eʼlon qilindi

22:43 26 Fevral 2020 Jamiyat
628 0

Arxiv surat

“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ-4618-son, 26.02.2020-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2020-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilar 2020-yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?