“Muammo osonlikcha hal qilinadi, ammo buning uchun siyosiy iroda kerak”. BMT boshqa davlatlarni Oʻzbekistondan oʻrnak olishga chaqirmoqda

18:34 06 May 2020 Siyosat
1234 0

Arxiv surat

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yurtimizdagi fuqarolik toʻgʻrisidagi yangi qonun — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 13-martda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunini olqishladi va boshqa davlatlarni ham Oʻzbekistondan oʻrnak olishga chaqirdi.

Bu haqda BMTning Qochqinlar masalalari boʻyicha Oliy komissarligi idorasining rasmiy vakili Shabiya Mantu “Euronews” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, hujjatda “yashash uchun ruxsatnoma”, “xorijiy davlat fuqarosi”, “chet elda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston fuqarosi”, “fuqaroligi boʻlmagan shaxs” va boshqa tushunchalar belgilab qoʻyildi.

Natijada 1995-yilgacha mamlakatga kelgan va fuqaroligi boʻlmagan respublikamizning 50 mingga yaqin fuqarosi avtomatik ravishda Oʻzbekiston fuqarolari deb tan olindi.

Oʻzbekistonning qadamini “juda kutilgan” deb hisoblayotgan Shabiya Mantu endi boshqa mamlakatlar ham bu namunaga taqlid qilishiga umid qilmoqda.

“Muammo osonlikcha hal qilinadi, ammo buning uchun siyosiy iroda kerak”, deydi Mantu.

Ochiq maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda dunyoda 12 million nafarga yaqin odam biron bir mamlakat fuqarosi deb tan olinmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?