MTS 750 million AQSH dollari undirib olish uchun hukumatga qarshi da’vo bilan chiqdi

14:17 30 Iyul 2018 Dunyo
640 0
Arxiv foto

Rossiyaning MTS aloqa operatori Turkmanistondagi faoliyati majburan to‘xtatib qo‘yildi deb hisoblamoqda va Jahon banki qoshidagi Investitsiya nizolarini tartibga solish xalqaro markaziga (INTSXM) ushbu respublikaga qarshi investitsion da’vo bilan chiqdi. Bu haqda RBK kompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.

Gap shundaki uning “MTS Turkmaniston” sho‘ba korxonasi 2017 yil sentyabr oyida mazkur davlatdagi o‘z biznesini to‘la yo‘qotgandi. Shundan ko‘rilgan dastlabki zararlar kamida 750 mln. AQSH dollari deya baholanmoqda.

Rossiya uyali aloqa operatori Turkmaniston uning ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida 2009 yil 25 martda tuzilgan investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitimda mustahkamlangan chet el investori sifatidagi huquqlarini buzdi, deb hisoblayapti.

MTS mazkur bahsli holatni muzokaralar yo‘li bilan hal etishga uringani va agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, huquqlarini sud tartibida himoya qilish niyatida ekanligi haqida Turkmanistonni yarim yildan ziyod vaqt oldin xabardor qilganini bildirgan.

“Afsuski, kelishmovchiliklar tartibga solinmadi, shu munosabat bilan MTS o‘zining qonuniy huquqlari va Turkmanistondagi investitsiyalarini INTSXMda sud orqali hal qilish tashabbusi bilan chiqadi”, — deyiladi operator matbuot xizmati xabarida.

Hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirmagan, shuningdek, mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatish uchun radiochastotalardan foydalanishga ruxsat bermagan “Turkmantelekom” davlat aloqa operatori harakatlari sababli, MTSning Turkmanistondagi sho‘basi respublikada aloqa xizmatlari ko‘rsatishini to‘xtatdi.

2017 yil ikkinchi choragi oxiriga kelib MTS Turkmanistonda 1,7 mln. abonentga ega edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?