MQKQ OAVga bosim oʻtkazishga uringanmi? — AOKA vaziyatni oʻrganadi

11:33 22 Oktyabr 2020 Jamiyat
366 0

“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan sudlashuv jarayonida Qoʻmitaning rasmiy vakillari tomonidan ommaviy axborot vositalariga bosim oʻtkazishga urinishlar boʻlgani toʻgʻrisida rasmiy bayonot berdi.

AOKA avtokompaniya daʼvosiga koʻra davlat idorasining OAVlarga yaqqol bosim oʻtkazgani (goʻyoki) isbotlangan faktlarni oʻz vakolati doirasida toʻliq oʻrganib chiqadi

"Biz OAVlarga nisbatan har qanday usulda bosim uyushtirishga yoʻl qoʻyilmasligi lozim deb hisoblaymiz.

Oʻzbekistonda soʻz va matbuot erkinligi, OAVlarning mustaqil faoliyati va davlat organlarining ochiqligiga erishish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Chunki aynan shu yoʻl orqali Oʻzbekistonning faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda axborot xilma-xilligi taʼminlanishiga mustahkam zamin yaratish mumkin.

Oʻz oʻrnida AOKA, barcha OAVlarni qonuniylik, haqqoniylik, xolislik tamoyillariga amal qilgan holda faoliyat yuritishga chorlaydi va yuqoridagi masalaga soha ekspertlarining oʻrganishlari natijasiga asosan tegishli baho berilishini maʼlum qiladi" deyiladi AOKAning rasmiy bayonotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?