Mourinyo Venger haqida: “U hech qachon meni magʻlub eta olmagan”

11:42 17 Oktyabr 2020 Sport
104 0

“Arsenal”ning sobiq bosh murabbiy Arsen Venger yaxshigina ijodkor ham hisoblanadi. Uning qalamiga mansub My Life in Red & White nomli autobiografik kitob shundan dalolat beradi. 

Eʼtiborlisi, Fransiyalik mutaxassis ushbu asarida oʻzi koʻp bor dahanaki jang qilgan prinsipial raqibi Joze Mourinyo bilan yashil maydondagi toʻqnashuvlari haqida tugul uning nomini ham tilga olmagan ekan.

Portugaliyalik mashhur mutaxassis ushbu holatga oʻz repertuariga xiyonat qilmagan holda quyidagicha munosabat bildiribdi: "Sababi u hech qachon meni magʻlub eta olmagan. 12 yoki 14 magʻlubiyat haqida kitobingizda maxsus sahifa ajrata olmaysiz. Keyin nega u men haqimda gapirishi kerak?

Kitob shunday narsaki, u sizni xursand qilishi va magʻrurlantirishi lozim. Men bu holatni toʻliq tushunaman".

Maʼlumot uchun, ikki mutaxassis oʻzaro 19 bor toʻqnash kelishgan. Ulardan 10 oʻyinda portugaliyalik gʻalaba qozongan boʻlsa, 2 bahsda Fransiyalik zafar quchgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?