Moskvaga uchib ketayotgan samolyot favqulodda qoʻndirildi

11:26 27 Noyabr 2018 Dunyo
616 0

Foto: Континент Сибирь

Bugun tongda “Ikar” aviakompaniyasiga tegishli havo layneri Orskdan Moskvaga uchib ketayotganda, Qozon shahri aeroportiga favqulodda qoʻndirildi.

Bu haqda TASS xabar berdi. “Orsk – Sheremetyevo(Moskva) reysi boʻyicha ketayotgan samolyot soat 04:54da Qozonda favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Uning bortida 76 yoʻlovchi boʻlgan. Samolyot ayni paytgacha Qozonda qolmoqda”, - deyiladi xabarda.

Samolyot nima sababdan favqulodda qoʻndirilgani haqida hozircha maʼlumotlar yoʻq.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?