“Toshkent—Moskva—Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha aviareyslar joriy etiladi

09:59 11 Iyun 2018 Jamiyat
1462 0
Foto: O'zbekiston havo yo'llari


2018 yil 18 iyundan boshlab “Toshkent—Moskva—Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar joriy etiladi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qo‘shimcha reyslar haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari zamonaviy laynerlarda amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali quyidagicha ( mahalliy vaqt):

HY-613 Toshkent 13:00 — Moskva 15:15;

HY-614 Moskva 16:45 — Toshkent 22:35.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?