Moskvadan Koʻlobga uchgan samolyot Toshkentga majburan qoʻndirildi “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining Moskvadan Koʻlobga uchgan samolyoti Toshkentga favqulodda qoʻndirildi. Bu haqda RIA “Novosti” Toshkent xalqaro aeroporti vakili maʼlumotiga asoslanib xabar berdi. Rossiya poytaxtidan Tojikistonning Koʻlob shahriga uchgan “A-321” rusumidagi samolyot boradigan aeroportidagi kuchli tuman tufayli Toshkentda toʻxtagan. Ushbu voqea bugun soat 8:11 da roʻy berdi. Ayni paytda samolyot zaxira yoʻlagida uchish vaqtini kutib turibdi. Yoʻlovchilar esa bortda.

14:16 30 Oktyabr 2019 Jamiyat
70 0

“Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining Moskvadan Koʻlobga uchgan samolyoti Toshkentga favqulodda qoʻndirildi. Bu haqda RIA “Novosti” Toshkent xalqaro aeroporti vakili maʼlumotiga asoslanib xabar berdi.

Rossiya poytaxtidan Tojikistonning Koʻlob shahriga uchgan “A-321” rusumidagi samolyot boradigan aeroportidagi kuchli tuman tufayli Toshkentda toʻxtagan.

Ushbu voqea bugun soat 8:11 da roʻy berdi.

Ayni paytda samolyot zaxira yoʻlagida uchish vaqtini kutib turibdi. Yoʻlovchilar esa bortda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?