Moskvada Toshkent kunlari boʻlib oʻtadi

17:27 21 Avgust 2019 Jamiyat
97 0

Ayni kunlarda Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasining Moskva shahriga tashrifi amalga oshirilmoqda. Delegatsiya aʼzolari dastlab Moskva hukumati Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamentida boʻlib oʻtgan uchrashuvda ishtirok etishdi. Oʻzaro muloqot davomida tomonlar Moskva shahrida “Toshkent kunlari”ni oʻtkazish masalasini muhokama etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bektemir tuman hokimi Shohrux Mamajonov boshchiligidagi Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Yunusobod va Sergeli tumanlari hokimlari oʻrinbosarlari, Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi xodimlari hamda tadbirkorlardan tashkil topgan boʻlib, tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Moskva shahar Savdo sanoat palatasida boʻlib, uning mutasaddilari bilan uchrashishdi.

Yigʻilishda Moskva shahar SSP vitse-prezidenti Suren Vardanyan toshkentlik tadbirkorlarga Moskva shahridagi biznes muhiti, iqtisodiy shart-sharoitlar borasida atroflicha maʼlumot berdi. Shuningdek, ikki tomon vakillari oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari haqida fikr almashishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?