Mortal Combat” imperiyasi asoschisi Oʻzbekistonda

17:30 03 Iyun 2019 Jamiyat
396 0

AQSHlik mashhur prodyuser Lourens Alan Kasanoff Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi aʼzolari hamrohligida Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarini oʻzining navbatdagi filmi uchun lokatsiyalar tanlash maqsadida koʻzdan kechirdi.

Yoʻlga qoʻyilayotgan hamkorlik natijasida Oʻzbekistonda Gollivud blokbasterening bir qismini suratga olish ishlari boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi AQSHlik kinoijodkorlarning yurtimizda mazkur filmni tasvirga olishini tashkil qilish va AQSHdan kelgan kinoijodkorlarga tasvirga olish jarayoni davomida toʻliq koʻmak koʻrsatish masalasida kelishib olindi.

Maʼlumot uchun, Lourens Kasanoff “Mortal Combat” franshizasi asoschisi, “Terminator”, “Lego-yulduzlar jangi” kabi filmlar prodyuseri hisoblanib, “Terminator 2: Judgment Day” (Terminator 2: Qiyomat kuni) kartinasi uchun Oskar mukofotiga sazovor boʻlgan. U Arnold Shvarsenegger bosh qahramon rolini ijro etgan va DjeymsKemeron rejissyorlik qilgan “True Lies” (Chin yolgʻonlar) filmida ijrochi prodyuser vazifasini bajargan.

Lourens Kasanoff 1990-yil kinorejisser Jeyms Kemeron bilan birgalikda “Lightstorm Entertainment”kinokompaniyasiga asos soladi.Ushbu kinokompaniya shu kungacha “Titanik”, “Avatar” singari filmlar prodyuserligi bilan shugʻullangan. Lourens 200 ortiq filmlar yaratilishda ishtirok etib, kinobiznesda milliard dollardan ortiq mablagʻ toʻplagan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi kinoturizmni rivojlantirish, xorijiy kinokompaniyalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni tasvirga olish ishlarida qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat kinolokatsiyasini xorijda keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-iyuldagi PQ-3880-son qaroriga asosan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tizimida tashkil qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?