Moodyʼs: Oʻzbekiston iqtisodiyoti MDHning boshqa davlatlariga qaraganda tezroq oʻsib bormoqda

14:16 05 Sentyabr 2018 Jamiyat
151 0

Moodyʼs xalqaro reyting agentligi Oʻzbekiston bank tizimi prognozi boʻyicha hisobot tayyorladi.

Moodyʼs agentligi quyidagi omillarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston bank sektori boʻyicha barqaror prognozni saqlab qolmoqda:

- Oʻzbekiston iqtisodiyoti MDHning boshqa davlatlarining iqtisodiyotlariga qaraganda tezroq oʻsib bormoqda. 2018-2019 yillarda ham davlat xarajatlari, investitsiya mablagʻlari va Rossiyadan mehnat muhojirlarning pul oʻtkazmalarining tiklanishi evaziga oʻsish surʼatlari saqlanib qoladi;

- Oʻzbekiston bank tizimi davlat banklarining oʻrtacha hajmi va ustunligi bilan tavsiflanadi;

- Oʻzbekiston bank tizimining dollarizatsiya darajasi yuqoriligiga qaramasdan, asosan valyuta xatarlar markazlashgan, birinchi navbatda, davlat banklarida moʻʼtadil boʻlib qoladi.

- Oʻzbekiston bank tizimining umuman korporativ sektorga, ayniqsa, davlat korxonalari va yirik qarz oluvchilarga nisbatan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

- bank aktivlarining sifati yaxshi: muammoli kreditlarning ulushi umuman iqtisodiyotning oʻsishi, inflyatsiya darajasini pasayishi va kreditlashtirishning tez surʼatlarda oʻsishi natijasida saqlanib qoladi (2018 yilda 30-40 foiz);

- sof foizli marjaning kamayishi va aktivlarning tez oʻsishi hisobiga Oʻzbekiston banklarining daromadi va kapitalning yetarliligi asta-sekinlik bilan kamayib boradi.

- bank tizimida yaxshi likvidlik darajasi saqlanib qoladi;

- Hukumat davlat banklarini qoʻllab-quvvatlashni davom etadi.

Mazkur hisobot Moodyʼs agentligining Oʻzbekiston bank sektori yetakchi tahlilchisi Petr Paklin tomonidan tayyorlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?