Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi gaz va elektr muammolari boʻyicha aholiga murojaat qildi

21:21 21 Noyabr 2020 Jamiyat
379 0

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi soʻnggi paytlarda gaz va elektr muammolari yuz berayotgani boʻyicha qoʻmita va uning huzuridagi agentlikka murojaat qilishni soʻradi.

«Soʻnggi vaqtlarda yurtimizning turli viloyat va shaharlarida gaz bosimining pastligi yoki yoʻqligi, elektr energiyasining tez-tez oʻchishi bilan bogʻliq murojaatlar koʻpayib bormoqda.

Agar siz ham ana shu kabi muammolarga duch kelayotgan boʻlsangiz, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat etishingizni soʻraymiz»,  deyiladi xabarda.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining telefon raqamlari: 1159. Ishonch telefoni: 71 207 48 00

Hududiy boshqarmalar:

Andijon viloyati – Tel: (+998) 74-223-57-00;
Buxoro viloyati – Tel: (+998) 65-221-59-36;
Jizzax viloyati – Tel: (+998) 72-222-27-16;
Qashqadaryo viloyati – Tel: (+998) 75-225-11-17;
Navoiy viloyati – Tel: (+998) 79-220-62-09;
Namangan viloyati – Tel: (+998) 69-233-25-15;
Samarqand viloyati – Tel: (+998) 66-233-07-63;
Surxondaryo viloyati – Tel: (+998) 76-223-39-36;
Sirdaryo viloyati – Tel: (+998) 67-226-37-00;
Toshkent shahar – Tel: (+998) 71-233-76-86;
Toshkent viloyati – Tel: (+998) 71-207-04-69;
Fargʻona viloyati – Tel: (+998) 73-244-66-26;
Xorazm viloyati – Tel: (+998) 62-228-51-15;
Qoraqalpogʻiston – Tel: (+998) 61-222-30-11.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?