Moliyaviy piramida: Soxta aksiyalarni pullagan shaxs qoʻlga olindi

10:37 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
246 0

Qashqadaryoda soxta aksiyalarni 9 mln AQSH dollariga pullab, moliyaviy piramida tashkil etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan bir nechta fuqarolarning murojaatlariga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.R. va boshqalar oʻzlarini goʻyoki, “N.” xorijiy kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi rasmiy vakili sifatida tanishtirib, 17 ta xorijiy kompaniyalarning soxta aksiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqarolardan jami 9 mln AQSH dollari yigʻib olishgan.

Fuqaro T.R. va boshqalar yana-da koʻproq pul mablagʻlarini jalb etish hamda mijozlar sonini orttirish maqsadida, yigʻib olingan 9 mln AQSH dollari hisobidan 800 ming AQSH dollarini fuqarolarga foiz hisobida berishgan.

Bundan tashqari, T.R. oʻziga 78 ming AQSH dollariga “Volkswagen”,

oʻgʻli A.N. nomiga 2 ta “Lasetti” rusumli avtomashinalarini hamda Qarshi shahridan savdo doʻkoni sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan T.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?