Moliya vazirligi tizimida yil boshidan buyon 93 nafar rahbar almashtirildi

10:22 07 Iyun 2018 Jamiyat
285 0

Joriy yilda tizimda yuqori kasb mahoratiga ega, samarali mehnat qilib kelayotgan, zamonaviy fikrlash va nostandart holatlarda tezkor qarorlar qabul qila olish xislatlariga ega moliya idoralari xodimlari orasidan rahbarlik lavozimlariga amaliy kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Shakllantirilgan amaliy zahira tarkibidan moliya idorlarida vakant bo‘lgan rahbarlik lavozimlari to‘ldirildi va jami 93 nafar rahbar tayinlandi. Tayinlanganlarning 54 nafari moliya bo‘limi mudirlari, 28 nafari g‘aznachilik bo‘linmalari boshliqlari va 11 nafari hududiy davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlarini tashkil qildi.

Birgina aprel—may oylarida quyidagi vakant lavozimlar to‘ldirildi:

6 nafari viloyat darajasidagi rahbarlar: Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi, Toshkent shahar davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi, Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarining g‘aznachilik va Xorazm viloyatining Pensiya jamg‘armasi boshliqlari;

22 nafari tuman va shahar moliya bo‘limlari: Farg‘ona viloyatining Toshloq, Buvayda, So‘x, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Oltiariq tumanlari va Farg‘ona shahri, Namangan viloyatining Namangan, Chust, Chortoq, Norin tumanlari va Namangan shahri, Buxoro viloyatining Vobkent, Romitan, Buxoro va Qorovulbozor, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on va Payariq, Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Denov, Navoiy viloyatining Karmana, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanlariga mudirlar;

24 nafari tuman va shahar g‘aznachilik bo‘linmalari boshliqlari: Toshkent viloyati — Quyichirchiq, Olmaliq shahri, Jizzax viloyati — G‘allaorol va Mirzacho‘l, Andijon viloyati — Asaka, Ulug‘nor va Baliqchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Taxtako‘pir, Xo‘jayli, Nukus va Taxiatosh, Sirdaryo viloyati — Guliston va Oqoltin, Xorazm viloyati— Shovot, Xiva, Qo‘shko‘pir tumanlari, Urganch va Xiva shahri, Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Buxoro viloyati — Romitan, Toshkent shahri — Olmazor va Yakkasaroy, Namangan viloyati — Chortoq, Samarqand viloyati—Ishtixon tumani va Samarqand shahrida tayinlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?