Moliya vazirligi moliyaviy shaffoflikka eʼtiborni yanada kuchaytiradi

17:27 20 Avgust 2019 Iqtisodiyot
150 0

Illyustrativ foto

Nashrimizda AQSH Davlat departamenti moliyaviy shaffoflikka oid yillik hisobot eʼlon qilgani, unda Oʻzbekiston shaffoflik uchun minimal talablarni bajarmayotgan 67 ta davlat qatoridan joy olgani haqida xabar bergan edik.

Moliya vazirligi endi bu borada koʻproq maʼlumotlarni chop etishni boshlaydi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Xususan, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda davlat byudjetining daromad va xarajatlar qismi, davlat xaridlari tizimida imzolangan shartnomalarga oid maʼlumotlar har kuni berib boriladi.

Ayni chogʻda vazirliklar va idoralarga ajratilgan mablagʻlar, davlat dasturlari doirasida turli yoʻnalishlarga ajratilgan mablagʻlar haqidagi maʼlumotlar ham har oyda taqdim etiladi. 

Vazirlik openbudget.uz sayti orqali davlat byudjeti bajarilishi, uning parametrlari, tarkibi va prognoz koʻrsatkichlari bilan batafsil tanishish mumkinligini eslatib oʻtgan. Shuningdek, portal fuqarolarga mahalliy byudjetlarning xarajatlar qismi uchun yoʻnalishlarni aniqlash imkoniyatini beradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?