Moliya vazirligi: GM Uzbekistan avtomobillari narxini davlat belgilamaydi

12:26 31 Iyul 2018 Iqtisodiyot
723 1
Foto: GM Uzbekistan

Ijtimoiy tarmoqlarda “General Motors Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning narxini oshganligi munosabati bilan bog‘liq turli muhokamalar munosabati sabab Moliya vazirligi bu borada bayonot berdi.

Moliya vazirligi tarqatgan bayonotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi PQ-3386-son “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2018 yil 1 yanvardan boshlab, davlat organlari, tashkilotlari va hukumat komissiyalarining mahsulot, xom ashyo va materiallarning chegaralangan narxlari darajasini, ularni taqsimlash hajmlari va dislokatsiyasini tasdiqlash bo‘yicha ushbu qaror qoidalariga mos kelmaydigan vakolatlari bekor qilingani (Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro‘yxati belgilanadigan ijtimoiy ahamiyatdagi mahsulotlar va ularning strategik turlari bundan mustasno) ta’kidlanadi.

“General Motors Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan, narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatiga kiritilmagan.

Shundan kelib chiqqan holda, “General Motors Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga o‘rnatiladigan narxlar hech bir davlat organlari, shu jumladan Moliya vazirligi tomonidan ham tartibga solinmaydi», deyiladi vazirlik bayonotida.

“General Motors Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga narxlar, ishlab chiqarish tannarxi, rentabellikni ta’minlash hamda avtomobillarga mavjud talabdan kelib chiqqan holda ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda o‘rnatiladi.


Izohlar


Nodir Temirov

Ҳасан Ҳайитов (hayitov_76@mail.ru):

Аҳоли даромадидан келиб чиқиб машиналарни нархини ошириш керак. Машиналарни нархини оширгунча уларнинг эҳтиёт қисмларини ишлаб чиқарувчи корхоналар ташкил этилса, инвестиция жалб қилинса... Барча эҳтиёт қисмлари импорт қилинади. Эҳтиёт қисмлари ўзимизда ишлар чиқилса, давлат автомобиль сотишдан ҳам кўп даромад кўради. Экспорт ҳажми ошади. Аҳоли иш билан таьминланади. Нархни кескин оширилиши давлат томонидан тартибга солинадику. Таҳлилчилар Ўзбекистонда қанча машина борлиги, уларга канча эҳтиёт қисмлар ишлатиши, ўзимизда эҳтиёт қисмлар ишлаб чиқарилса, қанча импорт қисқариши ҳисобини таҳлил қилиб берсин. Автосаноатдагилар ўрганиб қилган, янгилик яратиб харажатни қисқартириш ўрнига, нархни ошириш йўли билан харажатларни қоплайди. Орадан яна олти ой утиб яна нархни ошириш, харажатларни қоплаш билан автомобилсозлик ривожланмайди. Ўзимизда чиққан машинани сотиб олиш учун ўқитувчи ва доктор анча йил ишласа иш хақини йиғиб сотиб олиш мумкин...

14:3931.07.2018