Moliya vazirligi 21,7 mlrd so‘mlik asossiz xarajatlarning oldini oldi

15:06 24 Iyul 2018 Iqtisodiyot
311 0
Illyustrativ foto

2018 yil 1-yarim yilligida Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasa va tashkilotlarda o‘tkazilgan moliyaviy nazorati tadbirlarida aniqlangan xato va kamchiliklar byudjet intizomini buzish holatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan keskin kamaygan. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, byudjet intizomi buzilish holatlari 2018 yil 1-yarim yilligida 21,7 mlrd so‘mni tashkil etdi (2017 yilning mos davrida 48,1 mlrd so‘mni tashkil etgan).

Byudjet intizomi buzilish holatlarini kamayishi byudjet mablag‘larini boshqarish va byudjet hisobini yuritish bo‘yicha byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilish, byudjet qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha profilaktika ishlarini olib borish, masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash va kam samarali taftishlarni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasidir.

Xususan, byudjet va byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 2018 yil uchun xarajatlar smetasini me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi va xarajat turlarini aniq hisob-kitoblarga asoslanganligi yuzasidan olib borilgan kameral nazorat tadbirlari natijasida xarajatlar smetasiga asossiz kiritilgan 17,5 mlrd so‘m miqdoridagi xarajatlarni oldi olinib, boshqa zarur xarajatlariga yo‘naltirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?