Moliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

17:29 12 Sentyabr 2018 Jamiyat
596 0

Dilshod Sultonov Oʻzbekiston Moliya vaziri oʻrinbosari – Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Sultonov bu lavozimga oʻtgan oyda “Oʻzstandart“ agentligi Bosh direktori boʻlib ketgan Dilshod Sattorovning oʻrniga tayinlangan. U shu vaqtga qadar vazirlik huzuridagi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlayotgan edi.

Bundan tashqari, Moliya vazirligida Muvofiqlashtirish va axborot-tahlil Departamenti tashkil etilib, departament boshligʻi lavozimiga Mirkomil Adilov tayinlangan. Vazirlik maʼlumotida qayd qilinishicha, Adilov bungacha Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazi direktori lavozimida ishlagan.

Mirkomil Adilovning oʻrniga Azamat Fazilov markaz direktori etib tayinlandi. U 2017-18 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?